Maqollar Tarkibidagi Iboralarda Graduonimiya: Lingvopragmatik Va Semantik Tahlil

Authors

  • To‘xtayeva Dilafruz Ashurovna Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Author

Keywords:

graduonimiya, darajalanish, maqol, ibora

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek xalq maqollari tarkibidagi iboralarda graduonimiya hodisasining semantik va lingvopragmatik xususiyatlari tadqiq etiladi. Graduonimiya til birliklarining muayyan belgi, holat, harakat yoki bahoning darajalanishi asosida pog‘onali munosabatga kirishishini ifodalovchi semantik hodisa sifatida talqin qilinadi. Tadqiqot materiali sifatida “Onangni kaftingda tutsang, singlingni boshingda tut”, “So‘raganning bir beti qora, bermaganning ikki beti qora”, “Elga qo‘shilgan moy yutar, eldan ayrilgan qon yutar”, “Pora berganning bir beti qora, pora olganning ikki beti qora”, “Aytishsang so‘z chiqadi, turtishsang ko‘z chiqadi”, “Arvoh urganning ishi o‘nglanmas, Pir urganning kosasi oqarmas” maqollari tanlandi. Mazkur maqollarda darajalanishning miqdoriy, intensiv, obrazli, sabab-oqibat va madaniyassotsiativ ko‘rinishlari aniqlanadi. Tadqiqot natijasida maqollar tarkibidagi graduonimik munosabatlar xalqning axloqiy-estetik qarashlarini, ijtimoiy munosabatlarga bergan bahosini hamda milliymadaniy tafakkurini ixcham va obrazli tarzda ifodalashi asoslanadi.

References

Downloads

Published

2026-09-09

Issue

Section

Articles

How to Cite

Maqollar Tarkibidagi Iboralarda Graduonimiya: Lingvopragmatik Va Semantik Tahlil. (2026). American Scholar: Journal of Interdisciplinary Research and Knowledge, 1(08), 1-7. https://scientajournals.com/index.php/1/article/view/202